Boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida Misr kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Tomonlar mazkur istiqbolli loyiha yuzasidan investitsiya shartnomasini imzolash maqsadida ushbu hujjat matni, unda koʻrsatiladigan muhim bandlar va kelishuvlar boʻyicha fikr almashdilar.
Shartnoma loyihasini tegishli mutaxassislar va huquqshunoslar tomonidan oʻrganib chiqish va yagona kelishuvga erishish maqsadida yaqin kunlarda qoʻshimcha onlayn muzokaralar oʻtkazishga kelishib olindi.








