Yevropada sayohatga boʻlgan talab pandemiya xaosidan soʻng oʻtgan yozdan beri qayta tiklangan boʻlsa-da, pandemiyadan oldingi kabi faollik darajasiga erishish uchun hali “koʻp yoʻl” bor. Bu Yevropa Sayohat Komissiyasi (ETC) tomonidan e'lon qilingan 2021 yilning uchinchi choragidagi "Yevropa turizmining tendensiyalari va istiqbollari" hisobotining asosiy xulosasi bo'lib, unda 2019 yilgi sayohat hajmiga 2024 yilgacha bo'lgan muddatda ham erishib bo'lmaydi.
Yevropa mamlakatlarida emlash jarayonlari boshqa mamlakatlarnikidan ancha yuqori bo‘lgani sababli dunyoning eng yaxshi sayohat nuqtasi sifatida kiritish mumkin, lekin bu yetarli emas. Sababi uzoq vaqtga sayohat qilish hali tiklanmagan.
Covid aniqlanmagan sayohatchilar uchun birinchilardan bo‘lib, Gretsiya sayyohlarni qarshi oldi. Lekin pandemiyadan oldingi holatdan 19 foizga kamaygan va tashriflar soni ( -66.6 ) pastligicha qolgan.
Ispaniyaga sayohat qilish darajasi 77 foizga pasayib ketgan.
Chexiyada ahvol yanada yomonroq (-99 foiz). Hukumatning Covid ga qarshi qat'iy choralari tufayli turizm keskin pasayib ketdi.
Yevropa bo‘ylab sayohat qilish talabi kuchliroq bo‘lsa-da, hali oldingi holatiga qaytish uchun 77 foizga ko‘tarilishi lozim.
Sharqiy Yevropa va ba'zi chekka hududlarda emlash jarayonlari biroz kechikishi kuzatilmoqda.
Xitoylik sayohatchilarning yo‘qligi ham Yevropa turizmiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar Yevropaga kelish darajasi oldingi holatdan 60 foiz kamayishi taxmin qilinmoqda.
Sayohat uchun ham Yevropada ba'zi cheklovlarning saqlab qolinishi ko‘ngilni biroz xira qiladi.
ETC (Yevropa turizm komissiyasi) prezidenti Luis Aranjoning ta'kidlashicha, xalqaro kirib-chiqishlarni ta'minlash uchun emlash jarayonlari muhim.
"Qish oylari yaqinlashar ekan, Yevropa va undan tashqarida sayohat qilish uchun chora- tadbirlarni yanada kuchaytirish kerak"ligini va bu xavfsiz sayohatni ta'minlashini aytdi u.
Munisa Abduvohidova tayyorladi.