Mehmonlar joriy yil 1-noyabrda Yevropa Ittifoqi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdilar.
Delegatsiyaning tashrifi davomida viloyat hokimi T.Bobolov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida T.Bobolov viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda oʻziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, qoʻshni Afgʻoniston davlati bilan faol hamkorlik aloqalari toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Shuningdek, tomonlar oʻzaro qiziqtirgan masalalarda fikr almashib, hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
Mehmonlar viloyatga tashrifi doirasida “Barkaror xayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi va boshqa korxonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.