Yevropa komissiyasi Appleni 1,8 milliard yevro jarimaga tortdi

    Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qo'mitasi qaroriga ko'ra, Apple taxminan 10 yil davomida dasturchilarga iOS foydalanuvchilarini App Store do'konidan tashqari muqobil va arzonroq musiqa obuna xizmatlari haqida xabardor qilishni taqiqlab kelgan.

    Yevropa Komissiyasi 4-mart, dushanba kuni e'lon qilgan EK press-reliziga ko'ra, iOS operatsion tizimi foydalanuvchilari uchun musiqa striming xizmatlari bozoridagi ustun mavqeini suiiste'mol qilgani uchun Appleni 1,8 milliard yevrodan ortiq jarimaga tortdi.

    Applega nisbatan tekshiruv harakatlari 2019-yilda Spotify striming xizmati tomonidan Amerika kompaniyasi ustidan shikoyat qilinganidan keyin boshlangan, deb xabar beradi dw.com.