Evropa mamlakatlari karantinni yumshatishda davom etmoqda

    Evropa Ittifoqi mamlakatlarida koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar bekor qilinmoqda.

    Bel`giya hukumati ko'chada himoya niqobini taqish talabini bekor qildi va o'tgan yilning oktyabr oyidan beri birinchi marta restoran va barlarda mehmonlarni bino ichida qabul qilishga ruxsat berildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari bu kunni “erkinlik kuni” deb atashdi.

    Qo'shni Fransiyada karantin choralari susaytirildi. Komendantlik soati kechqurun to'qqizdan emas, balki o'n birdan boshlanadigan bo'ldi, fitnes markazlari va ko'ngilochar bog'lar ish boshladi. Biroq, ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga rioya qilish va niqobdan foydalanish hali ham majburiydir. Restoran va kafelar endi mijozlarga nafaqat ochiq ayvonlarda, balki ichkarida ham xizmat ko'rsatishi mumkin.

    Fransiya sanitariya idoralari ochiq havoda sport bilan shug'ullanishga ruxsat berdi.

    Finlyandiya poytaxti Xel`sinkida badiiy ko'rgazma ochildi. Qirqdan ortiq eksponatlar Vallisaari oroli bo'ylab ham ochiq havoda, ham bir paytlar tark qilingan binolar ichida namoyish qilinmoqda.