Mazkur loyiha mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lib, professional ta’limdagi malaka oshirish, inklyuziv ta’lim, kasb-hunarga o‘rgatishga yo‘naltirilgan 3 ta moduldan iborat aniq loyiha ekani ta’kidlandi. Loyiha 5 yil muddatga mo‘ljallangan.
Muloqot davomida loyihaning batafsil muhokamasi tegishli vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda joriy yilning 1 iyul kuni vazirlik huzuridagi Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilishiga kelishib olindi.