Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Moliya 23 Noyabr 2022 747

    Markaziy bankda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) kapital va moliya bozori departamenti direktori Aleks Pivovarskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda 2020-yildan buyon monetar operatsiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshma ishchi guruh faoliyati samarali yuritilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, YeTTB vakillari hududdagi qator mamlakatlar tajribasi asosida mamlakat kapital bozorini rivojlantirish, banklararo operatsiyalar koʻlamini kengaytirish, REPO operatsiyalari va kreditni xedjirlashni rivojlantirishda koʻmak berishga tayyorligini bildirdilar.

    Uchrashuv yakunida YeTTB ekspertlari bilan kelgusida yangi loyihalar ustida ishlashni davom ettirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.