Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Koronavirusning mazkur versiyasi ilk bor shu yil iyun oyida Germaniyada roʻyxatga olingan edi. Shundan soʻng u Buyuk Britaniya, AQSH, Daniya va boshqa mamlakatlarda qayd etildi.
Londonning Universitet kolleji professori Fransua Ballu fikricha, gepatit C virusi infeksiyani yuqtirishni osonlashtirishi mumkin. Shuningdek, epidemiologik koʻtarilishni jilovlash hamda ogʻir holatlarning oldini olishda vaksinalar hali ham yaxshi camara beradi.
Oʻz navbatida, Skripps tadqiqot instituti doktori Erik Topol XEC virusi dominantga aylanishi uchun bir necha oy kerak boʻlishi ehtimolini bashorat qildi.
Yangi shtamm belgilari SOVID-19ning avvalgi versiyalari bilan oʻxshash. Isitma, charchoq, yoʻtal yoki tomoq va boshqa aʼzolardagi ogʻriqlar shular jumlasidan. Oʻz navbatida, xastalikdan soʻng organizmning qayta tiklanish jarayoni bir necha hafta davom etadi.
Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash xavfsizligi agentligi xulosasiga koʻra, koronavirusning mutatsiyaga uchrashi normal holat. Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, agentlik 65 yoshdan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlarini takroriy emlanishga chaqirdi.