Tanlov Yevropa kompaniyalari o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Fazoviy yuk mashinasining birinchi parvozi 2028-yilda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Uning asosiy vazifasi yuklarni Xalqaro koinot stansiyasiga yetkazib berishdan iborat.
Tenderning birinchi bosqichi doirasida ikki yoki uchta kompaniyani umumiy qiymati 75 million yevro mablag' asosida moliyalashtirish ko'zda tutilgan. Keyingi moliyalashtirish 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Kelajakda yuk tashuvchi fazoviy kema fazogirlar parvozi uchun ham moslashtirilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.