Tashrif dasturida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Uchrashuvlarda YEXHT doirasidagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari hamda Oʻzbekiston-Shvetsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilinishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari - davlatimiz rahbarining Matbuot kotibi Sherzod Asadov yaqinda maʼlum qilishicha, Ann Kristin Linde Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ham qabul qilinadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.