Qurilma 0,65 voltda ishlaydi va 12 daqiqa davomida 48 mikroamper bilan taʼminlaydi. Bu kichkina elektron qurilmaning ishlashi uchun yetarli.

Olimlar bunday batareyalardan bolalar oʻyinchoqlarida foydalanish mumkinligini taʼkidlashdi. Yutib yuborilgan taqdirda ham u mutlaqo xavfsiz va oshqozonda butunlay hazm boʻladi.

Batareyaning anodiga riboflavin vitamini va katod sifatida kversetin mavjud. Elektrolit suvga asoslangan eritmadan, qisqa tutashuvni oldini oluvchi separator esa suv oʻti – noridan tayyorlangan.

Tajribalar shuni koʻrsatdiki, akkumulyator oʻz quvvatini yaxshi saqlaydi. Batareyaning oʻlchami bir kvadrat santimetrni tashkil etadi, ammo jamoa uni kichikroq qilish ustida ishlamoqda, deb xabar beradi mir24.tv.