“Ezgulik hududi” “Oʻzbektelefilm” DUK tomonidan suratga olingan. Oʻzbek kinorejissyori Muzaffarxon Erkinovning ushbu teleseriali Bolgariya kino va televideniye akademiyasining “Slavyan ertagi” 8-xalqaro kinotelefestivalida ishtirok etdi. Va “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” nominatsiyasida gʻolib chiqdi.

2019-yilda ham Muzaffarxon Erkinovning “Saodat” teleseriali ushbu kinotelefestivalda gʻolib deb topilgan edi.