Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida xizmatlardan reklamasiz foydalanish imkonini beruvchi pullik obuna tizimi faollashadi.
Obuna 2023 yil 1 noyabrdan boshlab Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hududi va Shveysariya foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Uni web-saytda oyiga 9,99 yevroga yoki ilova orqali oyiga 12,99 yevroga sotib olish mumkin.
Ushbu tizimda foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlari reklama qidirish uchun ishlatilmaydi. Obuna egalari endi o‘z sahifalarida reklamani umuman ko‘rmaslik imkoniga ega bo‘ladilar.