Faol yoshlar barqaror taraqqiyotning drayveriga aylanmoqda!

    Ummonning inson huquqlari boʻyicha komissiyasi vakili Hamid Bin Salim al-Sinaydi Samarqand forumi ishida qatnashmoqda.

    Oʻzbekistonning Ummondagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, Ummonning inson huquqlari boʻyicha komissiyasi vakili Hamid Bin Salim al- Sinaydi “Yoshlar 2020: Global hamkorlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” mavzusidagi Samarqand forumi ishida qatnashmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    Hamid bin Salim al-Sinaydining soʻzlariga koʻra, forum yuqori saviyada tashkil etilgan va bugungi xavfsizlik muammolari fonida uning mavzusi har qachongidan ham butun dunyo uchun muhim signal hisoblanadi.

    “Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, zamonaviy dunyoda intellektual va maʼnaviy rivojlangan, faol yoshlar barqaror taraqqiyotning drayveriga aylanmoqda”, dedi OON Komissari.

    Shu bilan birga uning fikriga koʻra, yoshlar dunyomizning kelajagini shakllantirishga daʼavat etilmoqda. Shuning uchun yoshlar faoliyatiga gʻamxoʻrlik qilish, ularni qarorlarni qabul qilish jarayoniga jalb qilish juda muhimdir.

    “Yoshlar bu- kelajak, ertangi kundir va hukumat rahbarlari yoshlarni yoʻnaltira bilishi, munosib muhit, sogʻliqni saqlash, taʼlim olish borasidagi huquqlarini oʻrgatishlari, zoʻravonliklardan himoya qilishlari kerak”, - deya xulosa qildi Hamid bin Salim al-Sinaydi.