Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C-C.” MCHJ rahbari M.O. Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga oʻrnatilgan elektr hisoblagich muhriga shikast yetkazib, ulanish sxemasiga oʻzgartirish kiritib, jami 160 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.