Ayni paytda sinov-sozlash ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish Fargʻona vodiysi hududida ishlab chiqarish quvvatlarining oshishiga olib keladi va korxonaga har yili qoʻshimcha 197,24 mln. KVt soat elektr energiyasi hamda 214,5 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Bunda yillik tabiiy gaz iqtisodi 3,2 million kub metrni tashkil qiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida “Fargʻona IEM” AJdan 17 km uzoqlikda joylashgan, RK-3 qozonxonasi yonida 7 MVt quvvatga ega gaz turbina qurilmasi 2019-yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilgan edi.

Taʼkidlash lozimki, loyiha elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasiga zamonaviy va samarador texnologiyalarni bosqichma-bosqich tatbiq etish, yoqilgʻi-energetika resurslarini samarali ishlatish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Fargʻona IEM hududida va Fargʻona shahar qozonxonasi RK-3 da yuqori samarali koogeneratsion gaz trubina qurilmalari texnologiyasini tatbiq etish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2794-sonli qarori asosida amalga oshirildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati.