“Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi hukumat qarori loyihasi  e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda Farg'ona viloyati hokimligining Farg'ona shahrida joylashgan 2-son shahar shifoxonasi negizida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ko'p tarmoqli klinikasini tashkil etish to'g'risidagi taklifi ma'qullanadi.

Institut klinikasini rekonstruksiya qilish ishlarini 2023 yilda yakunlash bo'yicha yo'l xaritasi tasdiqlanadi.

Moliya vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi institut klinikasini saqlash xarajatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda 2022 yil yakuniga qadar mahalliy byudjet, 2023 yil 1 yanvardan boshlab respublika byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiradi. Bu haqida Farg'ona viloyati hokimligi xabar bermoqda.