Gidrometeorologiya agentligi axborot xizmati xabar berishicha, kanalga ishlab chiqarish korxonasi tomonidan matolar uchun ishlatilgan suv oqizilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Shirmonbuloq hududidan oʻtgan Fargʻona kanali yonida trikotaj-tikuv fabrikasi joylashgan. Ushbu ishlab chiqarish korxonasi tomonidan qayta ishlangan matolar uchun ishlatilgan suv kanalga tashlangan. Suv tarkibida nitrit va nitrat tuzlari, ishqor va ranglar aniqlangan.
«Ushbu holat boʻyicha ekologiya masʼul xodimlari tomonidan muammo bartaraf etildi«, — deyiladi xabarda.
Bu holat nafaqat atrof-muhitga, balki odamlar salomatligiga ham xavf tugʻdiradi. Chunki ushbu suvdan aholi isteʼmol qiladi, ekinlar sugʻoradi. Ifloslangan suv orqali yer osti suvlari zaharlanishi, ekinlar orqali zararli moddalar inson tanasiga oʻtishi mumkin. Kanal suvidan foydalanadigan aholi esa oqibatda zaharlanishi mumkin edi. Eng achinarlisi – bunday qonunbuzarliklarga jiddiy chora koʻrilmayotgani, korxonalar esa javobgarlikka tortilmay qutilib qolayotganidir. Yoki ular yuqoridagi isteʼmoldan bexabarmidi.









