Ijtimoiy masʼuliyat har birimizning burchimiz. Buni koronovirus pandemiyasi yana bir bor yodga soldi. Ana shunday murakkab davrda yashash sharoitini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlarni ishga solish juda zarur.

Meteorologlarning fikriga koʻra, bu yil qish sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan past boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakat aholisini isitish moslamalari bilan taʼminlash ustuvor vazifalardan sanaladi.

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi sovuq kunlar boshlanishi bilan, ishlab chiqarilayotgan isitish (pech) yoqilgʻisining narxini joriy yilning 20-noyabridan eʼtiboran pasaytirishga qaror qildi (ilgari ushbu yoqilgʻining tonnasi uchun 4,4 million soʻmni tashkil qilar edi):

- zavodning oʻzidan bir tonnasi uchun 4 million soʻmgacha;

- Republikada joylashgan “Oʻzbekneftgaz” AJning neft omborlarida bir tonna uchun 3 million 950 ming soʻmgacha.

Ushbu chora respublika aholisini qoʻllab-quvvatlashga, shuningdek, maktabgacha va umumiy taʼlim muassasalarini, shuningdek avtonom isitish qozonlaridan foydalanadigan kasalxonalar va klinikalarni taʼminlashga qaratilgan.

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi Axborot xizmati