Yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter oʻyinlari va kibersportni yoshlar oʻrtasida yana-da ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Fargʻona shahrida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Fargʻona viloyati va Fargʻona shahri hokimliklari, Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Oʻquv markazida yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter oʻyinlari va kibersport, zamonaviy raqamli texnologiyalarni oʻrgatish hamda mutaxassislarni tayyorlash koʻzda tutilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.