Fargʻona shahridagi 14 dan ortiq mahalla hududlarini, viloyatimizdagi yirik elektr energiyasi isteʼmolchilari hisoblanadigan “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi”, “FargʻonaAzot” aksiyadorlik jamiyati, “Fargʻonadon” korxonalarini va shu bilan bir qatorda 300 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/6 kVli 1966-yilda qurilgan “Sakkokiy” podstansiyasiga yangi 25000 kVA quvvatdagi kuch transformatori olib kelindi.
Mazkur yangi transformator podstansiyadagi mavjud 1975-yilda oʻrnatilgan 16000 kVA quvvatdagi kuch transformatori oʻrniga oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
46 yil oʻtib quvvati oshirilayotgan podstansiya, endilikda qoʻshimcha 9000 kVA zahira quvvatga ega boʻlmoqda.
Ushbu loyiha yakuni bilan nafaqat isteʼmolchilar elektr energiyasidan uzluksiz foydalanishiga imkon yaratiladi, balki istiqbolda yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati samaradorligiga erishishga, ishlab chiqarish mahsulotlari ortishiga hamda Fargʻona shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham zamin yaratiladi.
Maʼlumot oʻrnida, yangi kuch transformatori joriy yilning 13-avgust kuni oʻrnatilishi rejalashtirilgan.