Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻz faoliyatini boshladi

    Ta'lim 29 Oktabr 2021 5248

    Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

    Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova soʻzga chiqib, barchani yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:

    - Izlanuvchan va bilimga chanqoq yosh avlod mamlakatning eng katta xazinasidir. Ishonamanki, yurtimizning porloq kelajagi siz- chaqnoq koʻzli yoshlar qoʻli bilan bunyod etiladi.

    Bu yoʻlda hech chekinmang, toʻxtamang - maqsadingiz yoʻlida, yurtimiz rivojiga hissa qoʻshishda dadil boʻling.

    Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va jamoatchilik vakillari soʻzga chiqib, oʻquvchi yoshlarga oʻz tilaklarini bildirishdi.