Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova soʻzga chiqib, barchani yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:

- Izlanuvchan va bilimga chanqoq yosh avlod mamlakatning eng katta xazinasidir. Ishonamanki, yurtimizning porloq kelajagi siz- chaqnoq koʻzli yoshlar qoʻli bilan bunyod etiladi.

Bu yoʻlda hech chekinmang, toʻxtamang - maqsadingiz yoʻlida, yurtimiz rivojiga hissa qoʻshishda dadil boʻling. 

Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va jamoatchilik vakillari soʻzga chiqib, oʻquvchi yoshlarga oʻz tilaklarini bildirishdi.