Fargʻona va Namanganga qoʻshimcha parvozlar amalga oshiriladi

    Transport 5 May 2022 2188

    Fargʻona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganligi sababli hamda yoʻlovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022-yil 5-may kuni “Uzbekistan Airways” AJ Fargʻona va Namanganga qoʻshimcha qatnovlarni amalga oshiradi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qoʻshimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

    HY-085 Toshkent – Fargʻona 15:00 / 16:00

    HY-086 Fargʻona – Toshkent 17:00 / 18:00

    HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 / 20:00

    HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00

    Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.

    Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.