Dastlab Norin viloyati gubernatori Sobirqul Ashimbayev hamda Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari Iqboljon Ergashevlar ikki viloyat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar.

Shundan soʻng “Norin” erkin iqtisodiy zonasi hamda “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha, Norin shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro universiteti hamda Fargʻona davlat universiteti oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik oʻrnatish boʻyicha, shuningdek, Fargʻona va Norin viloyatlari oʻrtasida qoʻshma turizm loyihalarini shakllantirish, turizm sohasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan memorandumlar imzolandi.