Jumladan, Quvasoyning Pakana, Kokilon va Soʻfon mahallalari hisobidan Qoʻqon iqtisodiy zonasi hududi 210 gektarga kengaytiriladi.

Bu yerlarda 200 million dollarlik, kelgusi yilda 500 million dollarlik loyiha qilish, kamida 10 ming ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyildi.

Viloyat hokimiga 19 ta tuman-shaharning har birini Xitoy tajribasi asosida sanoatning aniq yoʻnalishiga ixtisoslashtirish va ularda sanoat zonalarini tashkil qilish topshirildi.

Yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish va ish oʻrinlarini koʻpaytirish sharti bilan qoʻshimcha 1 ming 210 gektar yer ajratish mumkin.

Buning uchun viloyat hokimligi huzurida direksiya tashkil qilinadi. Sanoat zonalaridagi binolarni mahalliy tadbirkor hamkori bilan qurib, ijaraga oladi yoki muddatli sotib oladi.

Sanoatni tuman va mahallaga tushirish uchun infratuzilma xarajatlariga 50 million dollar ajratiladi.

Ushbu mablagʻni viloyatning oʻzi tasarruf qiladi va qaytgan mablagʻni keyingi loyihalarga ishlatishi mumkin boʻladi.

Viloyat hokimligiga 161 ta yirik mahallada ham 1 gektardan maydonda 4-5 qavatli sanoat markazlarini tashkil qilish topshirildi.