Fargʻona viloyati hokimi Odinaxon Hamdamovaga uy sovgʻa qildi

    Sport 12 Mart 2025 718

    Para velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Tailandda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi fargʻonalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan Odinaxon Hamdamovaga uy sovgʻa qilindi.

    Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga Fargʻona shahridagi Ekoshahar – "Yangi Oʻzbekiston" massividan kvartira kalitini topshirdi.

    Viloyat hokimi chempion qizni yutuqlari bilan qutlab, matonati va irodasi bilan boshqalarga ibrat boʻlayotganligini taʼkidladi.

    Prezidentimiz tomonidan olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, 2028-yilda Los-Anjelesda boʻladigan Olimpiya oʻyinlarida kuchli oʻntalikka kirish maqsad qilingani toʻgʻrisida aytib oʻtildi.

    Maʼlumot oʻrnida, O.Hamdamova 1991-yilda Qoʻshtepa tumanida tugʻilgan. Hozirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi. Tailand va Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan musobaqalarda chempion boʻlgan.