Xabarda qayd etilshicha, koʻrilayotgan choralar natijasida hafta oxirlariga borib vodiy viloyatlaridagi gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining koʻtarilib borishi kutilmoqda.

Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobchalari (AGTKSH) gaz bosimining koʻtarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, gaz bosimi pasaygan kunlarda, birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlari (issiqlik elektr stansiyalar, shifoxonalar, maktabgacha va maktab hamda oliy taʼlim muassasalari va boshqalar)ni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash zarur hisoblanganligi sababli AGTKSHlar faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan.

Quvurlarda gaz bosimini bir meʼyorga keltirish va ushbu meʼyorni saqlab turish uchun AGTKSHlari qisqa vaqt oraligʻida reja-grafik asosida faoliyat yuritib boradi.