Farg'ona. 2019 yilning sentyabr` oyida Farg'ona tumanida 38 yoshli R.B. va uning otasi 63 yoshli K.B., lar 32 yoshli X.X., ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo'lgan 3 ta «Damas» rusumli avtomashinani 16.100 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinalarni olganidan so'ng, kelishilgan pullarni bermasdan, avtoulovlarni firibgarlik yo'li qo'lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti