Ta’kidlanishicha, Beshariq tumani "Andarxon" chegara posti yonida manzarali 3 tup tol hamda 9 tup archa daraxti noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda ildiz qismidan qo‘porib tashlangani va o‘simlik dunyosiga 99 million 575 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
"Hozirda huquqbuzarlar shaxsiga oydinlik kiritish va holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi", deyiladi xabarda.