Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 05-sentyabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan oʻtgan 4R-112 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 186-kmda “Hyundai” rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk transport vositasiga borib urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani IIB YHXB tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda