Tadbirda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli boʻlgan goʻsht doʻkoni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini, goʻyoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ushlandi.

Shu kuni mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.