Fargʻonada tipratikan va ilondan shoʻrva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ilondan shoʻrva tayyorlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

    Holat Fargʻona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan oʻrganildi.

    Oʻrganish natijasida Oltiariq tumanining “Zilha” MFY hamda Buvayda tumanining “Boston buvo” MFY hududlaridagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, shoʻrva tayyorlab sotilayotganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi.