Fargʻona shahri hududida faoliyat yurituvchi “K.L.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaro A.K. alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shoxobchadan 17 ta nomdagi 189 dona qoʻlbola alkogol mahsuloti, 146,5 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.