Fargʻona va Qirgʻizistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri oʻrtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat oʻrtasidagi bordi-keldi uchun muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

2020-yilgacha mavjud boʻlgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida toʻxtab qolgan edi.

Qirgʻiziston tomonidan “Qizil-qiya PATP”, Oʻzbekiston tomonidan esa “Daewoo Trans Servis” MCHJ xizmat koʻrsatuvchi yoʻnalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etib, yoʻlkira narxi 12 ming soʻm etib belgilandi.

Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Fargʻonadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan.

Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda bu kabi qatnovlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.