Maʼlum boʻlishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan oʻynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini yutibyuborgan. Vaqt oʻtishi bilan sharchalar qornida yigʻilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solib kelgan.
Shundan soʻng qizchaning ota-onasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona viloyatifilialiga murojaat qiladi. Oʻtkazilgan tekshiruvlardan soʻng uning qornining ikki yonida magnit toshlariyigʻilib qolgani aniqlagali.
Shifokorlar konservativ usulda qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini qizchaning ichidan chiqariboladi, ammo boshqa sharchalar uning qornida qoladi.
Qizning dardiga davo topilmagach uning ota-onasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olibkeladi. Qizaloq tekshiruvlardan oʻtgach, 4 soatlik jarrohlik amaliyotidan soʻng shifokorlar qizaloqningqornidagi 135 ta magnit sharchani olib tashlashadi.