Jumladan, kuni kecha jinoyat ishlari boʻyicha Namangan tuman sudida 2 nafar ana shunday fuqarolarning maʼmuriy javobgarlik masalasi koʻrib chiqilib, huquqiy baho berildi.

Fuqaro R. E turmush oʻrtogʻi bilan ajrab ketgan va sudning qarori bilan 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun har oyda ish haqi hamda topgan daromadidan aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan. Biroq, olib borilgan ijro harakatlari, tushuntirishlarga qaramay qarzdor ota voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablagʻni qasddan toʻlamay keladi. Byuroning tuman boʻlimi tomonidan qarzdor fuqaroning ijro ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudga yuborildi. Boʻlib oʻtgan sud davomida har ikki tomonlarning fikrlari eshitilib, yakuniy qaror qabul qilindi. Unga nisbatan 10 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.

Fuqaro M.J ga ham fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining qarori bilan 1 nafar farzandi uchun har oyda aliment toʻlash qatʼiy belgilangan. Davlat ijrochisining tushuntirishlari, ogohlantirishiga qaramay 2 oydan ortiq muddatda aliment toʻlamay keladi. Boʻlib oʻtgan sudda unga nisbatan ham hukm chiqarilib, 10 sutkalik maʼmuriy qamoq chorasi qoʻllanildi.

Albatta, ushbu qarzdor otalar xulosa qilishar...

MIB Namangan viloyat boshqarmasi