Ayol moddiy daromad orttirish maqsadida, oʻzining 4 oylik qiz farzandini 120 million soʻm evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5 000 dollarini olib, qizini sotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Chaqaloq esa davlat qaramogʻiga olingan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.