Shu yilning 10-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv omborida favqulodda holat yuz bergani, yaqin atrofdagi odamlar uylarini tashlab ketayotgani haqida videoxabarlar tarqaldi.
11-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qoʻldoshev holat yuzasidan bayonot berdi.
— Tarqalgan xabar boʻyicha zudlik bilan joyga respublikadan mutaxassislardan iborat ishchi guruh yetib kelib, holat oʻrganildi. Bugun hech qanday favqulodda vaziyat sodir boʻlmagani aniqlandi. “Hisorak” suv ombori shtat rejimida ishlamoqda.
Albatta, bu yil ob-havoning seryogʻin keldi, shu bilan birga kunlar isib, togʻdagi qorlarning erishi bir muncha tezlashdi. Natijada “Hisorak” suv omborining yon bagʻirlarida joylashgan oʻzining yoʻli bilan kelayotgan suvlar bir muncha koʻpaygan. Lekin asosiy suv omborining bironta parametrida oʻzgarish boʻlgani yoʻq, shtat rejimida ishlamoqda. Shuningdek, kecha suv omborida suv tashlash ishlari amalga oshirilgan.
Shuni eʼtiborga olish kerakki, suv omborining suv hajmi balans berishi kerak, kuni kecha suv omboridagi suvning balans berish natijasida kuni kecha suv tashlash ishlari amalga oshirilgan. Uning ham hisob kitoblari qilinganda soniyasiga 40 kub suv tashlangani maʼlum boʻldi. Vaholanki, bu suv omborining loyihaviy suv tashlash qobiliyati 250 kub/sekundga teng», — dedi vazir oʻz bayonotida.
Abdulla Qoʻldoshev aholini vahima qilmaslikka chaqirib, ishlar oldindan rejalashtirilgan tizimda davom etayotganini maʼlum qildi.