Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda Pastdargʻom tumanida faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xoʻjaligi rahbari E.T. “Xoncharbogʻ” mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.