Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan tuman kadastr boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Mustaqillik” MFYdagi “B.J.” fermer xoʻjaligiga “Paxta-gʻallachilik” va “Chorvachilik-bogʻdorchilik” yoʻnalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro oʻzboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.