Ularga elektr xarajati uchun bu yilgi byudjetda 170 milliard soʻm subsidiya reja qilingan edi. Kelgusi yil bunga yana 250 milliard soʻm ajratilmoqda.
Masalan, xorazmlik 92 nafar dehqon zamonaviy nasos oʻrnatib, elektrni 20 foiz tejayapti. Quyosh paneli oʻrnatish hisobiga ehtiyojidan ortgan elektrni davlatga sotib, oyiga qoʻshimcha 7-8 million soʻm daromad olayapti.
Xorazm tajribasini kengaytirish maqsadida elektr xarajati uchun subsidiyani nasoslarni yangilash va quyosh panellari oʻrnatishga bogʻlash kerakligi qayd etildi.
Ushbu tajriba asosida har yili 1000 tadan fermerni yangi tizimga oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.