Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, Yu.Yu.ning akasi D.Yu. fuqaro X.ga oʻzining rahbarligidagi “M.I.” fermer xoʻjaligining 56 gektar yer maydonini 28 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 16 600 AQSH dollari va 89 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Marhamat tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “F.D.” fermer xoʻjaligi rahbari M.T. fuqaro K.Q. bilan oʻzaro til biriktirib, xoʻjalikning 6 sotix yer maydonini 17 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida fuqaro N.ning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.