“Koronavirusga qarshi emlash tadbirlari respublikamizga ushbu vaksinalarning yetib kelish muddati bilan bogʻliq, hozircha bu muddat fevral oyining oxiri va mart oyining boshlari deb belgilanmoqda”.
Vaksinalarning respublikamizga olib kelingan miqdoridan kelib chiqib, aholining katta miqdorda toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymasdan, emlanishga kelgan aholi orasida ijtimoiy masofani saqlagan holda, hozircha har bitta emlash punktida bir kunda emlanadigan aholi soni 70 nafargacha deb belgilanmoqda.
Koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan, emlangandan soʻng 30 daqiqa davomida, keyinchalik 3 (uch) kun davomida uyiga tashrif buyurish yoʻli bilan muntazam surishtirib boriladi, ularning sogʻligʻi koʻzdan kechirilib, 64/x hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Markazdan va aholi yashash punktlaridan uzoqda joylashgan hududlar aholisini koronavirusga qarshi emlashni amalga oshirish maqsadida aholini borishi qulay, yaqin boʻlgan oilaviy shifokor punkti (OSHP) filiallarida ham vaqtinchalik emlash punktlari tashkil qilinib, harakatdagi brigada-vrach, vaksinator va dublyorlardan iborat guruhlar faoliyati tashkil etilib, ular zarur avtotransport vositalari bilan taminlanadi.
Albatta boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ommaviy emlash tadbirlarida ham bu usullarni qoʻllaganmiz, shunday boʻlsa ham tayyorgarlik ishlari oʻta jiddiy tarzda olib borilayapdi.
Ommaviy axborot vositalari orqali koronavirusga qarshi emlash kunlarini oʻtkazishning mazmun-mohiyati keng yoritib borilishi rejalashtirilgan.