Fevral oyi oxirida tungi osmonda noyob hodisa kuzatiladi: oltita sayyora bir qatorga tiziladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
“Sayyora joylashuvi” yoki “sayyora paradi” deb nomlanuvchi hodisa bir vaqtning o'zida kamida to'rtta yoki beshta sayyorani ko'rish mumkin bo'lganda sodir bo'ladi. 28-fevral kuni Merkuriy, Venera, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun osmonda bir qatorga tiziladi, bu butun dunyo bo'ylab odamlar ko'rishi mumkin bo'lgan noyob sayyoraviy tomosha.
Bu sayyoralarning barchasi Quyosh atrofida taxminan bir tekislikda, ya'ni ekliptikada aylanadi. Har bir sayyora turli tezlik va masofalarda harakatlansa-da, Yerdan qaraganda ba'zan ularning bir nechtasi bir qatorga tiziladi.
Tizilish sof vizual effektdir, chunki sayyoralar aslida millionlab yoki milliardlab kilometr masofada joylashgan bo'ladi, deb xabar berdi korrespondent.net.