FIDE kuchlilar roʻyxatini eʼlon qildi

    Sport 1 Avgust 2020 1567

    Unda oʻzbekistonlik tajribali shaxmatchilar bilan bir qatorda koʻplab isteʼdodli yoshlarimiz ham joy olganligi eʼtiborlidir.

    Bugun Xalqaro shaxmat federatsiyasining fide.com sayti 1-avgust holati boʻyicha dunyoning eng kuchli shaxmatchilar reytingini eʼlon qildi. Reytingda sportchilarning joylashuvi u qadar yangilanmadi hisob. Boisi, yangi yildan keyin karantin sababli koʻplab xalqaro ahamiyatga molik musobaqalar oʻtkazilmadi. Ayrimlari keyingi yilga qoldirildi.

    FIDE kuchli yuztalik mundarijasiga eʼtibor qaratilsa, kattalar roʻyxatida hamyurtimiz sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov 2661 ball bilan 85-pogʻonada koʻrinish bergan. Reytingni esa norvegiyalik Magnus Karlsen (2863), amerikalik Fabiano Karuana (2835) va xitoylik Ding Liren (2791) boshqarib bormoqda.

    Ayollar oʻrtasidagi kuchli yuzlikda hamyurtlarimizdan Gulruhbegim Tohirjonova 83-oʻrindan joy egallagan. Reytingni Xitoy vakilasi Xou Ifan boshqarayotgan boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda hindistonlik Xampi Koneru va xitoylik Yu Venchjun qayd etilgan.

    Yoshlar oʻrtasidagi reytingda oʻzbekistonlik bir qator isteʼdodlar koʻrinish berishganligi eʼtiborlidir. Xususan,Nodirbek Abdusattorov sakkizinchi, Nodirbek Yoqubboyev 17, Javohir Sindarov 27, Shamsiddin Vohidov 46-oʻrinni egallashdi. Yoshlar reytingini esa ozarbayjonlik Feruz Alirizo boshqarmoqda. Undan keyingi oʻrinlarni AQSH, Rossiya, Eron vakillari egallashgan.

    Qizlar reytingida hamyurtlarimizdan faqat Nilufar Yoqubboyevа yuztalik kuchli shaxmatchilar orasida bor boʻlib, u 56-pogʻonadan joy olgan. Qozogʻistonlik Jonsaya Abdumalik qizlar reytingida yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarni Xitoy, Rossiya va Ozarbayjon vakilalari egallashgan.

    Toʻlqin ROʻZIYEV.