Tizimdan foydalanish bo’yicha FIFA VAR platformasiga zarur me’yoriy hujjatlar o’z vaqtida yuklandi. Shuningdek, Video yordamchi hakamlar brigadasining 2020-yilgi futbol o’yinlarida qayd etgan natijalari hisoboti FIFA tomonidan qabul qilindi.
Shu sababli, FIFA 2021-yilgi mavsum davomida O’FA hamda O’zPFL tomonidan tashkil etiladigan futbol uchrashuvlarida VAR tizimini qo’llashga ruxsat berdi.