Rossiya Prem`er-ligasi va milliy ligasida jami 150 nafar legioner faoliyat yuritadi. FIFA va UEFA ularga jamoalari bilan shartnomani bekor qilishiga ruxsat berishi mumkin.
“Jutarnij List” nashrining xabarida aytilishicha, bunday qaror 7-10 kun ichida e'lon qilinadi. Bu qarorga ko'ra, RPL klublarida o'ynovchi legionerlar hech qanday kompensatsiyalarsiz klublari bilan shartnomalarni bekor qilish huquqiga ega bo'lishadi.