Nikkei Asian Reviewning xabar berishicha, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Rossiyada ishlab chiqilgan vaksinani sotib olish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qildi.

U vaksinani birinchi boʻlib oʻzida sinab koʻrishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Men buni ochiqchasiga qilishga tayyorman. Men ushbu tajribani birinchi boʻlib amalga oshiraman”, dedi prezident.

Duterte, shuningdek, kompensatsiya olishga umid qilayotgan AQSHdan farqli oʻlaroq, Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani bepul taqdim etishiga umid bildirdi.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, hozirgi paytda Filippinda 143 749 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, bu esa 2,444 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.