Vulqondan sakkiz kilometr uzoqlikda yashovchilar xavfsiz joylarga olib o'tiladi. Mahalliy hokimiyatning ma'lum qilishicha, odamlarni evakuatsiya qilish 3,5 kun davom etadi. Avvalroq xavfli hududdan 14 mingga yaqin odam olib ketilgan, Filippin hukumati insonparvarlik yordami uchun 500 ming dollar ajratgan edi.
Mayon vulqoni mamlakatning diqqatga sazovor obyektlaridan hisoblanadi. Uning balandligi taxminan 2,5 kilometrni tashkil qiladi. Vulqon so'nggi bor 2018-yilning yanvarida harakatga kelgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.